• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Noyabr 2, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

?Xorazm viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga Shovot tumani Qirgʻoq boʻyi mahallasi 102a-uyda yashovchi fuqarodan shikoyat arizasi kelib tushgan.

ℹ️Ma’lum bo‘lishicha, mazkur 102a-uy bosh pudratchi tashkilot “Shovot taraqqiyot” MCHJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan qurilgan. Besh qavat, 20 xonadon, bir yo‘lakli ushbu turar-joy binosidan sotib olingan xonadondagi mavjud kamchiliklar oʻrganilganda:

⏺ kommunikatsiya tarmoqlariga toʻliq ulanmaganlik;

⏺ xonadon ichki pardozlash ishlari sifatsiz qilib bajarilganligi holatlari aniqlangan.

?Shundan so‘ng kamchiliklarni 5 kun ichida toʻliq bartaraf qilish yuzasidan “Shovot taraqqiyot” MCHJ rahbari N.Norbayev kafolat xati yozib bergan.

?Inspeksiya yuqorida koʻrsatilgan kamchilik va nuqsonlarni oʻz muddatida, sifatli qilib bajarilishini nazoratiga olgan.