⚠️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaat hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra (https://t.me/OlimjonHaydarov/5212?single) Namangan shahar “Nurafshon” MFY Chiligizor koʻchasi 1-uyda yashovchi fuqaro J.Usmanov xonadoniga quruvchi korxona “White House Building” MCHJ tomonidan zarar yetkazilgan va quruvchi tomonidan shu kungacha kelishuv natijasiga erishilmagan.
🗄 Holat Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganish natijasi boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi:
🗣 Obyekt Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun roʻyxatdan oʻtmagan. Mazkur holat yuzasidan inspeksiya tomonidan 2021-yil 6sentabrda ogohlantirish xati taqdim etilgan, 2022-yil 21-iyulda esa “White House Building” MCHJ rahbari A.Sobitovga MJtK-99-7-bandi boʻyicha jarima qoʻllanilgan.
🗣 Qurilish hududida birlamchi mavjud boʻlgan fuqarolarga tegishli turar-joy xonadonlarini koʻchirish masalasi toʻliq hal etilmagan. Shu jumladan, fuqaro S.Yusupovaga qarashli hovli-joy ham tegishli tartibda koʻchirilmagan hamda qurilish maydonidan xavfsiz chegaralash choralari koʻrilmagan. Hovli-joyning qurilish kotlovaniga chegaradosh va yaqin masofada joylashgan uylari va inshootlariga zarar yetgan.
🗣 Shuningdek, S.Yusupovaga tegishli boʻlgan hovli-joy vizual oʻrganilganda:
– uylar va inshootlarning umumiy holati qoniqarsizligi;
– mavjud binolarning asosiy yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarida sezilarli darajada deformatsiyalanishlar hosil boʻlganligi;
– devorlarda darzlar va chuqur yoriqlar mavjudligi aniqlangan.
🗣 Binolar esa:
– jismonan hamda maʼnaviy jihatdan eskirgan;
– yakka tartibda mahalliy qurilish materiallaridan (yogʻochli sinch konstruksiyalari, xom gʻishtlar) bajarilgan;
– hovli-joyning qurilish kotlovaniga tutashgan holda qurilgan binolarda kotlovanning tik qazilishi natijasida uy poydevorlarining ostki tuproqli asoslari ochilib qolgan.
🗣 Bundan tashqari fuqaro J.Usmanov va S.Yusupovalarning Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudiga qilgan murojati yuzasidan 2022-yil 11-oktabr kungi chiqqan hal qiluv qaroriga koʻra daʼvogarlarning javobgar “White House Building” MCHJga nisbatan turar-joyga zararni undirish haqidagi daʼvosini qanoatlantirish rad etilgan.
‼️Hozirgi kunda Namangan shahar Hamroh koʻchasida “White House Building” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy hududiy nazorat inspeksiyasidan 2022-yil 19-avgustda roʻyxatdan oʻtganligi va sud jarayoni ketayotganligi sababli qurilish-montaj ishlari vaqtincha toʻxtatilgan.