• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Noyabr 14, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

? Maktab hududida ko‘p qavatli uy-joylar qurilayotgani haqida “Effekt Makarenko” telegram kanalida tarqalgan xabar Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

❕ Toshkent shahar hokimining 2018-yil 25-avgustdagi 1256-sonli qaroriga asosan “COMFORT HOUSE BM” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga Yunusobod tumani 11-mavze 240-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi oldida ko‘p qavatli turar joy binolari hamda mahalla guzari qurish uchun 1,14 gektarli yer maydoni doimiy foydalanishga ajratib berilgan.

☑️ Ushbu qaror asosida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2020-yil 15-oktabrda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ham ishlab chiqilgan. Shundan so‘ng “OQTOSHLOYIHA” XK loyiha tashkiloti tomonidan eskiz va ishchi loyiha ishlab chiqilgan.

? Tegishli xulosalar asosida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi Arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan mavjud daraxtlarni saqlab qolish va hududda bolalar maydonchasi hamda avtoturargoh tashkil etish sharti bilan qurilishga kelishilganligini bildiramiz.