⌨️ Nurillo Nuritdinov blogi orqali e’lon qilingan Qarshi shahar “Beglar” MFY hududidagi bino qurilishi boʻyicha Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
📍Mazkur manzilda joylashgan obyekt yuzasidan Qarshi shahar hokimining 2017-yil 28-martda “FUTURE EVR BEADS” MCHJga bolalar bogʻchasi binosini loyihalashtirib, qurish boʻyicha 2252.0 kv.metr yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida qarori qabul qilingan.
⏺Ushbu yer ajratish toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq “FUTURE EVR BEADS” MCHJ tomonidan tegishli birlamchi shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda hududiy nazorat inspeksiyasidan 2019-yil 28-fevralda qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida ruxsatnoma rasmiylashtirilib berilgan.
‼️ Bugungi kunda ushbu obyektning 3-qavati yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari qad rostlagan holda qurilish-montaj ishlari to‘xtab qolgan boʻlib, hududiy inspeksiyada ushbu bino qurilishi tugallanmagan obyektlar roʻyxatida turganligini ma’lum qilamiz.