‼️ Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino buzilishi kerak
2022-yilning noyabr oyida “Kusherbayevga murojaat” telegram kanalida Toshkent shahar Chilonzor tumani Doʻmbirobod MFY 2-tor koʻcha 12-uyda istiqomat qiluvchi Berdiyeva Lola Abduvohidovnaning eʼtirozli murojaati eʼlon qilindi.
🔴 Qurilish vazirligi mazkur murojaatni oʻrganib chiqdi. Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi joriy yilning 22-aprel kuni oʻrganish monitoring ishlarini olib borgan. Tekshiruvlar natijasida Chilonzor tumani Doʻmbirobod 2-tor koʻchasida oʻrta qavatli koʻp xonadonli turar-joy binosida qurilish-montaj ishlari olib toʻxtatilib, u yer qarovsiz qoldirilganligi maʼlum boʻlgan. Shundan soʻng inspeksiya tomonidan Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasidan mazkur binoga tegishli boʻlgan eskiz loyiha va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etish soʻralgan. Biroq ushbu manzildagi qurilish ishlari uchun ruxsatnoma va kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud emasligi aniqlangach, inspeksiya xodimlari va mahalla vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.
▶️ Hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 24-may kuni qurilish-montaj ishlari noqonuniy tarzda olib borilganligidan kelib chiqib, Hukumatning tegishli qaroriga asosan bino egasiga obyektni 15 kun muddatda bartaraf etish (buzib tashlash) vazifasi yuklangan va bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
✔️Hozirda Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudiga Chilonzor tuman hokimligining obyektni buzish toʻgʻrisida daʼvo arizasi kiritilgan. Shuningdek, Toshkent shahar Sudining 2022-yil 29-apreldagi xati bilan Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 2021-yil 24-avgustdagi hal qiluv qaroriga koʻra, javobgar A.Rahimovga nisbatan noqonuniy qurilmani oʻz hisobidan buzish haqidagi daʼvo talablari qanoatlantirilib, binoni buzdirish belgilangan.