• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Dekabr 15, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

💎 “Soyadagi siyosatchilar” telegram kanalidagi xabar yuzasidan  Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi olib borgan o‘rganishlari natijasi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

📍 Andijon viloyat hokimining 2022-yil 22-oktabrdagi qarori asosida tuman hokimligi zaxirasida turgan 500,0 kv.metr yer maydonida “No’xatak” MFY binosi qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan yer ajratilgan.

🎙 Shundan so‘ng Andijon tumani mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i I.Tojiboyev “Vodiy sharqona bunyodkori” MCHJ bilan xususiy sherikchilik asosida 2022-yil 22-oktabrda bitim imzolagan. Bitimga ko’ra besh qavatli turar joy qurish hamda “No’xatak” MFYga o’z faoliyatini olib borishi uchun ushbu binoning 1-qavatidan 6 ta xona ajratish nazarda tutilgan.

🟢 Mazkur obyekt uchun Andijon viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 26-oktabr kuni Arxitektura Rejalashtirish topshirig’i (ART) tayyorlangan. Loyiha smeta hujjatlari ART hujjatiga asosan “Dizayn servis proyekt” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan.

⚠️ Bugungi kunda obyektda buyurtmachi tomonidan hududiy nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yubormasdan qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Shu bois holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning tegishli bandi bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Jumladan, shaharsozlik hujjatlari to’liq ishlab chiqilib, inspeksiyani xabardor qilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini to’xtatib turish bo’yicha yozma ko’rsatma berilib, obyekt nazoratga olingan.