• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Munosabat

Dekabr 20, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🍵 Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi davletovuz telegram kanalida e’lon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

⚠️ Poytaxtimizning Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasi 3-uy manzilida buyurtmachi tashkilot S.Q.ISLOMBEKOV nomidagi O`ZKIMYOFARM aksiyadorlik tashkiloti tomonidan barpo etilishi rejalashtirilgan “Daho” ko‘p funksiyali majmuasida inspeksiya xodimlari tomonidan monitoring ishlari olib borilgan.

👨‍⚖️ Mazkur obyekt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarorining 5-ilovasiga zid ravishda inspeksiya xabardor qilinmagan, shuningdek, qurilishi rejalashtirilgan majmuaning loyihasi uchun hududiy Arxitektura va shaharsozlik kengashi qarori olinmangan va davlat ekspertizasidan o‘tkazilmagan.

🧑‍⚖️ Hozirgi kunda inspeksiya tomonidan ushbu obyektning mas’ul mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 7-bandi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora qo’llash ishlari amalga oshirilmoqda.