• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Yanvar 23, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

🔔Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Toshkent shahar Shayxontohur tumani Gulobod ko’chasi 234-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha facebook ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

“ROAF ART HOUSE” MCHJ 2020-yil 17-sentabrda Davlat xizmatlari markazi orqali hududiy inspeksiyani xabardor etgan va o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan. Hozirgi kunda obyektda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan tizimli Davlat qurilish nazorati o’rnatilgan.

➡️O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi va 2020-yil 20-avgustdagi qarorlariga asosan quruvchi tashkilot va xonadon sotib olgan fuqarolar o’rtasida tuzilgan shartnoma talablarini o’z vaqtida bajarilishi hamda qurilish-montaj ishlarini reja-grafikka asosan topshirilishini nazorat qilish hududiy inspeksiya zimmasiga yuklatilmaganini ma’lum qilamiz.