• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 13, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

❕ Toshkent viloyati Chirchiq shahar “Do’stlik” MFY hududida joylashgan 4-sonli maktab binosining holati aks etgan fotolavhalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Obyektda shu kunga qadar Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat tadbirlari muntazam olib borilib, qurilish-montaj ishlari sifati ustidan pudratchi, loyihachiga 2 marta yozma koʻrsatma berilgan hamda ular ijrosi taʼminlangan.

Keyinroq obyektni foydalanishga topshirish boʻyicha ishchi komissiya aʼzolari va inspeksiya tomonidan berilgan kamchiliklar pudratchi tomonidan toʻliq bartaraf etilmaganligi sababli, hozirgi kunda ushbu foydalanishga topshirish bayonnomasi inspeksiya tomonidan rasmiylashtirilmagan.

🛡 Binoning texnik holatiga keladigan bo’lsak, uning tashqi devoridagi yoriqlar sabab tom qismidan tushayotgan yomgʻir suvlari binoning poydevor qismiga ketayotganligi oqibatida poydevorda choʻkish yuzaga kelgan. Bugungi kunda yuzaga kelgan yoriqlar pudratchi tomonidan taʼmirlangan. Pudratchiga bahorgi taʼtil vaqtida qayta toʻliq taʼmirlash boʻyicha koʻrsatma ham taqdim etilgan.

Ma’lumot o’rnida, qurilish obyektida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishchi loyiha hujjatlariga asosan 120 oʻrinli qoʻshimcha bino qurilishi koʻrsatilgan boʻlib, ushbu bino qurilishi bosh rejada koʻrsatilgan hududda koʻp yillik daraxtlarni kesishning imkoni boʻlmaganligi sababli avval belgilangan joydan boshqa yerga koʻchirilgan. Qurilish jarayonida kiritilgan oʻzgartirishlarga buyurtmachi tomonidan 2020-yil mart oyida bayonnoma rasmiylashtirilgan.