• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 21, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

🟥 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani “Navroʻz” OFY hududi “Yangi Oʻzbekiston” massividagi 1/10-sonli besh qavatli 30 xonadonli turar joyning yuqori qavatlariga koʻtariluvchi zinapoyalarning qulab tushganligi holati Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi.

Mazkur avariya holati joriy yilning 7-fevral kuni sodir boʻlganiga qaramasdan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 321-sonli qarori tegishli bandi talablaridan kelib chiqib, pudratchi tashkilot “Imarat Qurılıs konstruksiya” MCHJ texnik nazorat mutaxassisi tomonidan obyektlarda barcha shaharsozlik normalari va qoidalarining buzilish holatlari, avariya holatlari hamda ularni bartaraf etish ishlarining natijasi toʻgʻrisida nazorat inspeksiyasiga xabar berilmagan.

📎 Obyektga olib kelingan zinapoyalar vizual koʻzdan kechirilganda hech qanday yoriqlar kuzatilmagan. Ammo pudratchi tashkilot tomonidan zinapoyalarni montaj qilish jarayonida xatolarga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan.

Hodisa yuz bergan joyda jabrlangan va jarohat olganlar yoʻq. Hozirgi vaqtda mazkur holat boʻyicha prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganish ishlari davom etmoqda.