• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 23, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

❕ “Novosti Uzbekistana” telegram kanali orqali tarqalgan eʼtirozlar yuzasidan Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mirobod tuman Qurilish bo’limi tomonidan Mirobod tumani “Qizil Arvat” ko’chasi 28-uy manzilida joylashgan mavjud DSO “Lokomativ” qozonxonasi hududini yuridik hujjatga ega qismini o’rta qavatli turar-joy binosiga qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun “Ozbekiston temir yo’llari” AJning ishlarni boshqarish direksiyasiga berilgan.

🛡 “Lider Prof Proekt” MCHJ loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ishchi-loyiha hujjatlariga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan yig’ma ekspert xulosasi berilgan. Ushbu hududda qurilish ishlarini boshlash uchun Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda ko’rib chiqish va ijobiy xulosalar asosida kelishish belgilanganligini inobatga olib, mazkur nizoli masala qonunda belgilangan tartibda sud orqali ko’rib chiqilishini, “O’zbekiston temir yo’llari” AJning buyrug’ini bekor qilish esa nazorat inspeksiyasi vakolati doirasiga kirmasligini ma’lum qilamiz.