• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 23, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

📹 2023-yilning 22-fevral kuni youtube platformasiga qo‘yilgan video yuzasidan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan quyidagilar aniqlandi:

Toshkent shahar Yashnobod tumani Sodiq Azimov 5-2-3-tor ko‘chasidagi maʼmuriy va ko‘p qavatli turar-joy binolari “Training Project” MCHJ buyurtmachiligida amalga oshirilayotgan bo’lib, bundan hudud aholisining norozi ekanligi bildirilgan.

🗺Mazkur obyektda inspeksiya tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilgan. Monitoring qilish davrida qurilish-montaj ishlarida yuzaga kelgan kamchiliklar yuzasidan yozma ko‘rsatma berilgan va ushbu talablar o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Hozirgi vaqtda qurilish-montaj va binoning poydevor qismiga beton qorishmasi quyish ishlari davom etmoqda.

“Zebuzar” TChSJ va “Nur Ilod” TChSJ tomonidan qurilish loyiha-smeta hujjatlarini bekor qilish bo‘yicha berilgan davo arizasi Toshkent shahar tumanlararo sudining 2022-yil 22-avgustdagi hal qiluv qaroriga binoan qanoatlantirilmaganini ma’lum qilamiz.