1. Urganch tuman hokimining 2019-yil 30-sentabrdagi qaroriga asosan fuqaro H.Sharipovga Urganch tumani Qorovul qishlogʻi hududidan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi qurish uchun 600,0 kv.metr yer maydoni ajratilgan.
Davlat xizmatlari markazi orqali hududiy inspeksiyaga qurilish-montaj ishlari boshlash toʻgʻrisida 2022-yil 27-iyulda xabarnoma yuborilgan.
2. Urganch tuman hokimining 2020-yil 9-dekabrdagi qaroriga asosan “Suroj Qurilish Servis” MCHJga Urganch tumani Qorovul qishlogʻi hududidan koʻp qavatli koʻp xonadonli turar joy qurish uchun 2500,0 kv.metr yer maydoni ajratilgan.
“Suroj Qurilish Servis” MCHJ tomonidan davlat xizmatlar markazi orqali hududiy inspeksiyaga qurilish-montaj ishlari boshlash toʻgʻrisida 2022-yil 25-aprelda xabarnoma yuborilgan.
Biroq Urganch tuman hokimining 2019-yil 30-sentabrdagi hamda 2020-yil 9-dekabrdagi qarorlari bilan fuqaro H.Sharipovga va “Suroj Qurilish Servis” MCHJga ajratilgan yer maydonlari ustma-ust tushgan.
Inspeksiya tomonidan H.Sharipovga va “Suroj Qurilish Servis” MCHJga ajratilgan yer maydonlar ustma-ust tushganligi hamda nizoli boʻlganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik Kodeksining 22-moddasining tegishli bandlariga asosan vakolati doirasida chora koʻrishini soʻrab, Urganch tuman hokimiga hamda viloyat prokuraturasiga taqdimnoma yuborilgan.