• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 7, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Kuni kecha feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 3-mart kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva xizmat safarida bo‘lganligi sababli haftaning har juma kuni o‘tkaziladigan vazir o‘rinbosari qabuli boshqa kunga qoldirilgan. Bu bo‘yicha qabulga yozilgan jismoniy va yuridik shaxslar ogohlantirilgan. Ammo, videotasvirdagi murojaatchilar qabulga yozilmagan holda vazirlik binosiga kelib, Ozoda Jo‘rayeva bilan uchrashishni talab qilishgan. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodim holat bo‘yicha tushuntirish berib, ularni keyingi qabulga ro‘yxatga kiritgan.

Shuningdek, videomurojaatda ta’kidlanganidek aholini majburiy ravishda boshqaruv kompaniyasiga biriktirish masalasi ham asossiz ekanligini ma’lum qilamiz.

Mazkur murojaatchilar poytaxtimizning Uchtepa tumanida faoliyat yurituvchi “Yangi hayot lyuks“, “Oaziz lyuks” shirkatlarni boshqarib keladilar. Aholining ko‘plab murojaatlariga asosan hozirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur shirkatlar faoliyati o‘rganilmoqda. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, shirkatlarda bir necha yuz million so‘mlik kamomad aniqlangan. Hozirda hujjatlar tegishli davlat organlariga taqdim qilinmoqda. Holat yuzasidan yakuniy natijalarga yana to‘xtalib o‘tamiz.