Facebook ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan xabarlarga asosan, Termiz shahri “Farovon” massivi 3-mavze 5-uy 3-xonadonda yashovchi N.Xudoyberdiyevaga tegishli uy-joy 2023-yil 30-mart kuni tuzilgan ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi. Murojaatda qayd etilgan barcha kamchiliklar aniqlandi.
Ammo N.Xudoyberdiyeva ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqqunga qadar pudratchiga ogʻzaki murojaat ham qilgan. Pudratchi tashkilot tomonidan mazkur xonadonga kelib, mutaxassislar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etilishi bildirilgan. Biroq fuqaro tomonidan rad javobi berilgan. Bo’lib o’tgan ushbu holatlarni oʻrganish davomida fuqaroning oʻzi ham tasdiqlandi.
Jarayonda mazkur xonadonda bajarilgan hamda oʻrnatilgan jihozlar loyiha-smeta hujjatlariga asosan bajarilganligi va uy-joyni koʻzdan kechirish paytida loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgan barcha qurilish jihozlari oʻrnatilganligi, xonadonning kommunal tizimi toʻliq ishchi holatida ekanligi maʼlum boʻldi.