• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Fev 24, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali tarqalgan Qarshi shahri Sho’rtan MFY Nasaf koʻchasida qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy binosi qurilishi boʻyicha xabar Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi hamda “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ masʼullari bilan birgalikda oʻrganib chiqildi.

❗️Oʻrganish jarayonida ushbu obyekt qurilishi boʻyicha 2021-yil 17-iyulda Qarshi shahar qurilish boʻlimi tomonidan qurilishi tugallanmagan tikuvchilik sexi va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi binosini 1-qavati tikuvchilik sexi va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchasi boʻlgan koʻp qavatli turar-joy binosiga qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish boʻyicha 1710401-5801-sonli ruxsatnoma berilgan hamda Qashqadaryo viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 26-iyulda ushbu turar-joy binosini qurish boʻyicha 1710-1710401-25165-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi rasmiylashtirilgan.

▶️Shuningdek, koʻp qavatli turar-joy binosi qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari “Projekt-today” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan va 2021-yil 18-avgustda “Ekspertiza Group” MCHJning 679-2021-sonli yigʻma ekspertiza xulosasi olingan.

Mazkur turar-joy binosi buyurtmachi-pudratchi “Oʻktam qurilish qavdo” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan boʻlib, hududiy nazorat inspeksiyasining 2021-yil 20-avgustda Qarshi shahar davlat xizmatlari markazi orqali 35432230-sonli xabarnoma bilan xabardor qilinganligi bois ushbu koʻp qavatli turar-joy binosida inspeksiya tomonidan oʻrnatilgan tartibda doimiy nazorat ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

🏗 “Oʻktam qurilish savdo” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan ushbu koʻp qavatli turar-joy binosining yonida RP-6-10 kV (taqsimlash qurilmasi)dan chiquvchi 10 kVli fider obihayot-1,2 havo elektr tarmogʻining 1-sonli metal anker ustuni joylashgan hamda yuqori kuchlanishli 10 kVli elektr uzatish tarmogʻining metal ustuni va koʻp qavatli turar-joy binosi bilan muhofaza himoya zonasi saqlangan holda turgan.

✅Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1050-son qaroriga muvofiq koʻp qavatli turar-joy binosining yonidagi tutash hududda 1-sonli metal va 2-sonli temirbeton ustunlari oraligʻidagi 10 kVli fider “Obihayot-2” havo elektr uzatish tarmogʻini yerosti kabel elektr uzatish tarmogʻiga almashtirish ishlarini buyurtmachi-pudratchi “Oʻktam qurilish savdo” MCHJ buyurtmachiligida oʻrnatilgan tartibda amalga oshirilishini hamda masʼullar tomonidan ushbu yerosti kabel elektr uzatish tarmogʻini koʻchirish ishlari nazoratga olinganligini maʼlum qilamiz.