Ijtimoiy tarmoqlarda muhokomalarga sabab bo‘layotgan Buxoro tuman Rabotak MFY hududida “Integral Stroy Trans Servis” MChJ tomonidan qurilgan ko‘p qavatli turar-joy binosidan xonadon sotib olgan furaqolarning murojaati Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiya xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida mazkur obyekt 2021-yil 6-may kunida hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun xabarnoma orqali ro‘yxatdan o‘tgan, 2022-yilda esa qurilish-montaj ishlari yakunlanib, obyekt foydalanishga qabul qilingan.
Hozirda fuqarolarning murojaati quruvchini jalb qilgan holda bartaraf etilmoqda.