• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 4, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

? Toshkent shahar Shayxontohur tumani I.Karimov va Bunyodkor ko’chalari kesishuvida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha telegram messenjeri orqali tarqalgan sharhlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ushbu obyekt zamonaviy arxitektura namunasi sifatida o’ziga xos dizayn asosida loyihalashtirilgan bo’lib, bu bino konstruktiv elementlarida kamchiliklar borligini anglatmaydi. Qurilish ishlari belgilangan talab va me’yorlar asosida amalga oshirilmoqda.

Xususan,
• tasdiqlangan loyiha hujjatlarining KJ (temir-beton konstruksiyalar) bo’limining yechimlariga asosan 23-qavatdan 26-qavatgacha K-4 va K-5 quyma temir-beton ustunlar egilgan holda loyihalashtirilgan hamda bu qurilish me’yorlari va qoidalariga asosan bajarilgan;
• ishchi loyiha hujjatlari “MB STUDIO” MChJ tomonidan ishlab chiqilganidan so’ng “Zilzilabardosh qurilishning ilmiy-tadqiqot va loyha markazi antiseismic” MChJ tomonidan ushbu hudud seysmikasiga yondoshgan holda tekshirilgan va 2021-yil 16-martda bu borada ham ijobiy xulosa olingan.