❗️Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqalgan Andijon shahri 1-kichik daha Ichki ishlar boʻlimi binosi oldida joylashgan mini futbol maydonchasi buzilib, oʻrnida koʻp qavatli turar-joy binolari qurilayotganligi boʻyicha berilgan murojaat yuzasidan oʻrganish ishlari amalga oshirildi.
✅Maʼlum boʻlishicha, Andijon shahar qurilish boshqarmasi tomonidan 2021-yil 14-aprelda Andijon shahar 1-kichik daha hududida joylashgan fuqaro A.Nurinbayevga tegishli mini futbol oʻyingohi 2021-yil 18-fevralda davlat roʻyxatidan oʻtgan, biroq, Andijon viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 16-aprelda “Arxitektura-shaharsozlik kengashi”ning xulosasi bilan ushbu oʻyingohni buzib, oʻrnida 9 qavatli, 1 ta turar-joy binosi qurilishiga SHNQ 2.07.01-03* talablarini bajarish sharti bilan ruxsat berilgan.
▶️Shuningdek, Andijon shahar 1-kichik daha hududidagi 1050.67 kv.m. yer maydonida joylashgan mini futbol oʻyingohi Andijon shahar Bosh rejasida 4-5 qavatli turar-joylar hududida joylashganligi, yaʼni mini futbol oʻyingohi mavjud emasligi maʼlum qilinadi.
🔴Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga koʻra fuqaro Q.Nuriboyevga turar-joy binosi qurilishi boʻyicha xabarnoma yubormasdan ishlarni boshlab yuborganligi boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi MJTKning 99-moddasi 7-qismiga asosan maʼmuriy javobgarlik belgilandi hamda qurilishni toʻxtatish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berildi.