• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 14, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Toshkent shahar Olmazor tumani Chustiy MFY Langar ko’chasida joylashgan “IQSIR” MChJ ga tegishli ko’p qavatli turar-joy binosi holati bo’yicha “Milliy” telekanali orqali efirga uzatilgan lavha yuzasidan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ushbu obyekt hozirda qurilish davrida bo’lib, tizimli nazorat o’rnatilgan, shuningdek, o’rnatilgan tartibda 2023-yilning aprel oyida bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatma berilgan.

Binoning atrofi suv o’tkazmaydigan qoplama (beton, asfalt yoki boshqa materiallar) bilan qoplanmaganligi va gidroizolyatsiya ishlari bajarilyotganligi sababli yerto’la yorug’lik darchasi atrofidan yomg’ir suvlari sizib kirganligi ma’lum bo’ldi.

Fuqarolar bilan “IQSIR” MChJ o’rtasidagi moliyaviy masalalar sud organlari orqali o`z yechimini topishi ma’lum qilindi.