• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 21, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

2023-yil 17-aprel kuni “Milliy” telekanalining “Millar” dasturida namoyish etilgan tanqidiy lavha Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi:

Chilonzor tumani “Sharq tongi” ko‘chasida joylashgan mazkur 0,7 gektardan iborat yer maydoni 2018-yilda Chilonzor tumani hokimiyati qaroriga asosan “Future Growth” MCHJ ga foydalanish uchun ajratib berilgan. Keyinchalik “Future Growth” MCHJ tomonidan tuzilgan o‘zaro oldi-sotdi shartnomasi asosida “Sharq-Kamolon” MCHJ ga o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish-montaj ishlarining sifati va toʼliqligiga rioya etilishi ustidan nazorat funksiyalarini o’rnatish davrida bartaraf qilinishi lozim bo’lgan yozma ko’rsatmalar berilgan. Ushbu yozma ko’rsatma kamchiliklari o’z vaqtida bartaraf etilmaganligi sababli MChJ qurilish-montaj ishlariga mas’ul shaxslariga nisbatan MJtKning tegishli moddasi qo’llangan holda 2 marta jarimaga tortilgan.

“Milliy” telekanali orqali efirga uzatilgan videolavhada aks etgan holatlar bo’yicha inspeksiya tomonidan qayta o’rganish ishlari o’tkazilib, buyurtmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlariga qo’shimcha ravishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan yozma ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, 2023-yil 18-aprel sanasi bilan “SHARQ KAMOLON” MChJ direktoridan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kafolat xati olinganligini bildiramiz.