• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 27, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi telegram messenjeri orqali tarqalgan sharhlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Buyurtmachi tashkilot “Aziya Invest favarit” MChJga tegishli ko‘p qavatli turar joy binosi hududida ishlab chiqarilayotgan orayopma plita mahsulotlarining sifati yuzasidan tekshiruv o’tkazilganda orayopma plitalar (armokarkaz) choklarini payvandlash ishlari sifatsiz bajarilayotganligi aniqlangan va bu bo’yicha ishlab chiqaruvchiga berilgan sertifikatni bekor qilish bo’yicha “SINOV SERTIFIQAT SERVIS” MChJga 2023-yil 16-martda taqdimnoma yuborilgan.

Shuningdek, izohlardagi turar joyni foydalanishga topshirish masalasi yuzasidan Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli qarorining tegishli bandiga muvofiq shaharsozlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan, davlat qurilish nazoratini amalga oshirgani bois koʼp qavatli turar-joy binosidagi xonadonlarni sotish, berish hamda sotuvchi va oluvchi oʼrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini bajarilishini nazorat qilish uning vakolatiga kirmasligini ma’lum qilamiz.