• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 2, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

⚠️ Buxoro shahar S.Ayniy MFY Kogon shoh ko’chasidan fuqaro A.Tillayevga tegishli avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va avto ehtiyot qismlar sotish do’koni hududida qo’shimcha bino qurilishini  loyihalashtirish uchun ruxsat berilgan.

Mazkur yer uchastkasidagi obyekt joylashuviga 2022-yil 24-iyunda Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashining ijobiy xulosasi berilgan. Ushbu bayonnoma asosida Buxoro shahar Qurilish bo’limi tomonidan 2022-yil 27-iyunda obyektda qo’shimcha qurilish qilish uchun ruxsatnoma taqdim etilgan hamda Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 8-iyulda arxitektura-rejalashtirish topshirig’i ham ishlab chiqilgan.

🟠Uning loyiha-smeta hujjatlari “Architectonics” MChJ tomonidan tayyorlangan bo‘lib, mazkur loyiha hujjatlari bo‘yicha 2022-yil 9-avgustda Arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan.

2022-yil 11-oktabrda Davlat xizmatlari portali orqali Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yo’llangan va mazkur obyekt ro’yxatga olinib, unda tizimli nazorat olib borilayotganini bildiramiz.