Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Shayxontohur tumani Samarqand Darvoza ko’chasida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha youtube platformasida e’lon qilingan video yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:
Toshkent shahar hokimining 2019-yil 11-martdagi qaroriga muvofiq “INNOVATIVE LABELS GROUP” MChJga Samarqand Darvoza koʼchasi bo’yida savdo va maishiy xizmat ko’rsatish, umumiy ovqatlanish, hamda arzon turdagi mehmonxona qurish uchun 0,18 gektar yer maydoni ajratilgan.
Buyurtmachi tashkilot “INNOVATIVE LABELS GROUP” МChJ tomonidan Davlat xizmatlari markazi orqali 2021-yil 5-oktabrda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy inspeksiya xabardor etilgan va o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi va 2020-yil 20-avgustdagi tegishli qarorlariga asosan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan obyektda Davlat nazorati tizimli ravishda o’rnatilgan.