Buxoro shahar hokimining 2018-yil 20-apreldagi 1243-sonli yer uchastkasi ajratish to’g’risidagi qaroriga muvofiq Sh.Jo‘rayevaga shaharning Ibn Sino ko’chasi hududidan qishloq xo’jaligi maqsadida foydalanilmaydigan zaxira yerlari hisobidan “1-qavati savdo va maishiy xizmat ko’rsatish hamda yuqori qavatlari ko’p xonadonli turar-joy” qurish uchun 1900,0 metr kvadrat maydoni ajratilgan.
Sh.Jo‘rayevaning Davlat xizmatlari markazi orqali qilgan murojaati asosida Buxoro viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2018-yil 3-iyuldagi 801-sonli arxitektura-rejalashtirish topshirig’i tayyorlab berilgan.
Buxoro shahar Ibn Sino koʼchasida “Djuraeva Shaxodat Yarashovna” MChJ nomiga birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʼrsatish hamda yuqori qavatlari koʼp xonadonli turar joy binosi qurilishi boʼyicha loyiha yechimlari “Loyihasuvqurilish” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan. 2019-yil 25-sentabrda 674/19-PSD-sonli “Asror Ekspertiza” MCHJning ekspertiza xulosasi olingan. Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyaga davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinib, 2020-yil 19-martda “Qurilish montaj ishlari boshlash to’g’risida xabarnoma” jo’natib, inspeksiyada 279-son bilan roʼyxatga olingan.
Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining 2020-yil 27-martdagi 52-i/ch-sonli buyrugʼiga asosan nazorat ishlarini olib borish uchun bosh inspektor Jalol Hayitovga biriktirilgan. Keyinchalik inspeksiyaning 2021-yil 7-iyundagi 108-i/ch buyrugʼiga asosan Buxoro shahrining geografik joylashuvidan kelib chiqib shaharning Ibn Sino koʼchasida qurilayotgan obyektlarning nazorati Hayot Nizomovga biriktirilgan. Ushbu qurilish obyektida qurilish ishlari 2019-2021 yillar davomida bajarilgan.
2021-yil 17-avgustdagi “Djuraeva Shaxodat Yarashovna” MChJ tomonidan davlat interaktiv xizmatlari orqali Buxoro shahar Ibn Sino koʼchasida “Birinchi qavati savdo va maishiy xizmat koʼrsatish hamda yuqori qavatlari koʼp xonadonli turar-joy” binosi qurilishi boʼyicha yuborgan arizasiga koʼra inspeksiya bosh inspektori H.Nizomov tomonidan foydalanishga qabul qilingan.
Bu haqida 2022-yil 3-mart sanasidagi 487/05-sonli xat bilan Buxoro viloyat prokuraturasiga ma’lumotlar taqdim qilingan.
Hozirda H.Nizomov va inspeksiya o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Ushbu 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko’rsatish hamda yuqori qavatlari ko’p xonadonli turar-joy binosining biror-bir xonadonida ham fuqarolar istiqomat qilmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlar esa ancha oldin olingan bo’lib, hozirda qurilish obyektida tashqi va ichki pardozlash ishlari jadal suratlar bilan olib borilmoqda.