• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 7, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

❗️2022-yil 5-may kuni Termiz shahri Alpomish mahallasi Navbahor ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan “Alpomish” kurash majmuasi binosida sodir bo‘lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyat joyida ko‘rib chiqilganda quyidagilar aniqlandi:

– kurash zalining umumiy maydoni -2800 m2 bo‘lib, hozirgi kunda kurash zali tomining bir qismi buzilib, yerga qulab tushgan (tahminan -1700 m2);
– kurash zalining tom qismi murakkab konstruktiv yechimli bo‘lib, “Kislovodsk” tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydadanilgan;
– buzilgan tom qismi yaroqsiz holatda;
– kurash zali binosi 1999-yilda qurilgan.

▶️Kurash majmuasi xodimlari sog‘lig‘iga hech qanday zarar yetmagan.