❗️Farg‘ona shahar Tarona ko‘chasidagi 4 qavatli 2017-yilda qurilgan turar-joy binosi bo‘yicha Farg‘ona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi inspektori Sh.Rahmatullayev qurilish tashkiloti “Vodiy imkon qurilish” MCHJ rahbari I.Mamadolimov bilan birgalikda o‘rganish olib bordi va quyidagilar aniqlandi. Ushbu obyekt quti (karobka) holida foydalanishga topshirilgan.
➡️Binodan foydalanish paytida tashqi obodonlashtirish ishlari, ichimlik suvi, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimi to‘liq loyiha bo‘yicha bajarilgan. Hozirgi kunga kelib binoning harorat chokida va yuqori qismida tashqi omillar ta’sirida ayrim joylar ko‘chib tushgan.
Binoning fasad qismini havo sovutgich va oshxona uchun havo tortish moslamalarini o‘rnatish chog‘ida tashqi suvoq hamda bo‘yoqlarida ko‘chishlar paydo bo‘lgan. Bular “Vodiy imkon qurilish” MCHJ tomonidan 2020-yilda qayta ta’mirlab berilgan. 2021-yilda kanalizatsiya tizimida nosozlik kelib chiqib, uni ham tashkilot o‘z hisobidan ta’mirlab bergan. Mashina derazasi singan fotosuratga keladigan bo‘lsak, bu holat 2021-yil 22-yanvar kuni bo‘lgan kuchli shamol natijasida qattiq jism kelib urilishi natijasida hosil bo‘lgan. Murojaatdagi muammo bo‘yicha “Vodiy imkon qurilish” MCHJ rahbari I.Mamadolimovdan tushuntirish xati ham olingan.