Ijtimoiy tarmoqlarda Farobiy koʻchasi 5-7-9-uylar yonida koʻp qavatli uylar qurilishi yuzasidan keltirilgan murojaat Fargʻona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
U yerda fuqarolar A.Xolmirzayev, X.Radjapov hamda O‘.Mulladjanovlar tomonidan qurilish ishlari boshlangan.Obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshirilganda quyidagilar aniqlangan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 579-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 1-ilova 5-bandiga zid ravishda ishchi loyiha hujjati qismlari (AR, KJ, OV, VK va b.) ekspertiza koʻrigidan oʻtkazilmasdan qurilish ishlari boshlangan.
2. Loyihalash ishlari SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”ga amal qilinmagan holda mavjud binodan 1,7 m masofa tashlab amalga oshirilgan boʻlib, amalda eng kam oraliq masofa 6 m koʻrsatib oʻtilgan.
3. SHNQ 2.07.01-03 ”Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” meʼyoriy talabining 21-bandlariga zid ravishda mavjud koʻp qavatli uylar bilan oraliq masofa hisobga olinmagan.
4. Loyihalash ishlari SanPiN №0331-16 “Oʻzbekiston iqlimi sharoitlarida turar-joy uylarni loyihalashtirish sanitariya qoidalari va nizomlari”ga amal qilinmagan holda oraliq masofa hamda yaqqol yorugʻlik tushishi (insolyatsiya) hisobga olinmagan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan mas’ullarga qurilish-montaj ishlarini zudlik bilan toʻxtatish haqida yozma koʻrsatmalar berilgan.