• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 31, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda aks ettirilgan qurilish obyekti Xazorasp shaharchasi Al-Xorazmiy mahallasi Al-Xorazmiy koʻchasi 15a-uyda joylashgan fuqaro Q.Salayevga tegishli turar joy oʻrnidagi “1-2 qavati (Mahalla guzari), 3-qavati turar joy binosi” obyekti boʻlib, mazkur obyektni rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirishga Xazorasp tumani qurilish boʻlimining 2021-yil 25-noyabrda 170-sonli ruxsatnomasi berilgan.

Obyekt qurilishini loyihalashtirishga Xorazm viloyati qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 07.01.2022-yilda 1733-1733220-34621-sonli arxitektura rejalashtirish topshirigʻi berilgan.

Biroq fuqaro Q.Salayev tomonidan arxitektura shaharsozlik kengashi xulosasiz hamda hududiy inspeksiyani xabardor qilmasdan (roʻyxatdan oʻtmasdan) qurilish-montaj ishlari boshlagan.
Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan fuqaro Q.Salayevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi yettinchi qismi bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, joriy yilning 16-mayida maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Obyektning loyiha hujjatlari Xorazm viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining “Arxitektura–rejalashtirish Byurosi” DUK tomonidan ishlab chiqilib, Xorazm viloyati qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi “Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi” ishchi organining 2022-yil 11-maydagi 43853-sonli xulosasi bilan bilan ma’qullangan.

Shuningdek, hududiy inspeksiya tomonidan “Bino va inshootlarni instrumental texnik tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisida” 2022-yil 26-mayda 151-sonli shartnoma tuzilib, qurilish obyekti fuqaro Q.Salayevning 2022-yil 28-maydagi “Qurilish-montaj ishlari boshlanganligi haqida xabar berish” toʻgʻrisidagi 52895577-sonli arizasiga asosan roʻyxatga olingan.