• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Munosabat

Iyun 2, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

Toshkent shahar Olmazor tumani Shifonur ko‘chasi 3-uy va Umid ko’chasi 1-korpus oralig’ida joylashgan, kadastr hujjatlariga asosan, mavjud sex va omborxona binolari, fuqaro H.Jalolovga tegishli ekanligi hamda ushbu hududda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari yuzasidan fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali qurilish ishlari yuzasidan noroziliklar vujudga kelayotganligi sababli Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur binoning qurilish ishlari Toshkent shahar Qurilish Bosh Boshqarmasi Shaharsozlik kengashi ishchi organining eskiz loyihani kelishish bo‘yicha 2021-yil 14-apreldagi 13726-sonli xulosasiga, “ANGREN LOYIHA EKSPERTIZA” MChJning ishchi loyiha bo‘yicha 2022-yil 11-fevraldagi 09-22-sonli yig‘ma ekspertiza xulosasiga ega. Toshkent shahar Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan “Mavjud binolarni ofis, dorixona, omborxona va maishiy xizmat ko’rsatish majmuasiga ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish uchun” obyekt 2022-yil 24-aprelda 51010486-sonli murojaatga asosan inspeksiyani xabardor qilish orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan va obyekt bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatilgan.

Bugungi kunda u yerda qurilish maydoni to’siqlar bilan o’ralib, handaq qazish ishlari uchun tayorlanmoqda.