✅Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan uylar bo’yicha fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali noroziliklar vujudga kelayotganligi sababli Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
🏗 “Qurilishi tugallangan inshootlarni foydalanishga qabul qilish” ShNK 3.01.03-04 (3.01.03-19 yangi tahrir)ga asosan 2018-yilda Davlat qabul qilish hay’ati dalolatnomasi Inspeksiya tomonidan rasmiylashtirilgan va obyekt foydalanishga topshirilgan.
▶️Inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlarida tanlash yo‘li bilan qurilish davriyligida qurilish-montaj jarayonini, loyiha hujjatlarini va uning qatnashchilarini ish yuritishini nazorat qiladi.
🔴Shuningdek, “Qurilish tugallangan bino va inshootlarni qabul qilish” normativ hujjatlarning 1.12. bandiga asosan Davlat qabul qilish hay’ati dalolatnomasi rasmiylashtirilgach, hududiy nazorat inspeksiyasining barcha vakolatlari to‘xtatiladi va ko‘p xonadonli imoratlarning kelgusida foydalanilishi bo’yicha nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-sonli qaroriga asosan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakolatiga o‘tadi.
⚡️Shunga qaramasdan holatni oʻrganish maqsadida Olmazor tumani qurilish bo‘limi mutaxassislari turar-joy binosini borib o‘rganishdi. Maʼlum boʻlishicha, “BAURAUM GROUP” MCHJ tomonidan turar-joy binosining mansarda qavat, tom qismiga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish kiritilib, qurilish-montaj ishlari olib borilgan. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori nizomiga asosan “BAURAUM GROUP” MCHJga oʻrnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Mavjud mansarda qavatning tom qismini dastlabki holatiga qaytarish yuzasidan sud organiga daʼvo arizasi kiritiladi. Shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan qoʻshimcha hujjatlar rasmiylashtirilayotganligini maʼlum qilamiz.