✅Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon 30-berk ko‘chasida joylashgan uylar bo’yicha fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali noroziliklar vujudga kelayotganligi sababli Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi o‘rganish ishlari olib borgani haqida ma’lum qilgan edik.
⚡️Qo‘shimcha tarzda yana ushbu masala tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrganilganda, mazkur obyektda tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan tashqariga chiqib, oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi. Hozirda ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etish boʻyicha 2022-yil 26-sentabrda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritilgan.