• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Okt 3, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️Buxoro viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxasislari tomonidan Buxoro shahrining Piridastgir ko’chasi hududida monitoring ishlari olib borildi. Aniqlanishicha,bu yerda inspeksiyani xabardor qilmasdan qurilish-montaj ishlari borilgan.

🖇Buxoro shahar hokimining 2019-yil 16-dekabrdagi 5582-sonli qarori bilan “Djuraeva Shahodat Yarashovna” MChJga shaharning N.Ganjaviy MFY Xamza koʼchasi yoqasida 1-2-qavatlari savdo va maishiy xizmat koʼrsatish hamda yuqori qavatlarida koʼp xonadonli turar-joy qurilishi uchun 708,0 kv m yer uchastkasi ajratilgan.

❗️Buyurtmachi tomonidan obyektning loyiha-smeta hujjatlari bugungi kunga qadar Qurilish bosh boshqarmasida tasdiqlanmasdan hamda ijobiy ekspertiza xulosasini olmagan holda qurilish ishlari olib borilgan. Shu bois “Djuraeva Shahodat Yarashovna” MChJ rahbariga hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2 marta qurilishni toʼxtatish toʼgʼrisidagi yozma koʼrsatma berilgan. Ammo berilgan yozma koʼrsatmalarga qaramasdan MCHJ tomonidan qurilish ishlari davom ettirilgan. Shu bois MJtKning 99-moddasi 7-qismiga asosan javobgarlikka tortilgan hamda bu haqida tegishli organlarga maʼlumot berilgan.

✔️Binoning qurilish konstruksiyalari texnik ko’rikdan o’tkazilib, loyiha tashkiloti tomonidan salbiy xulosa berilgan. Shaharsozlik va yer to’g’risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga hamda tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 467-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi 3-qismi asosida o’zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) to’g’risida shahar hokimining da’vo arizasini sudga kiritilishida amaliy yordam so’ralgan.