❗️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan sharhlar yuzasidan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi joyiga chiqib o‘rganganda quyidagilar ma’lum bo’ldi:
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida joylashgan ko’p qavatli turar-joy va savdo markazi binolarining qurilishi bo’yicha hududiy nazorat inspeksiyasi 2020-yil 8-iyulda xabardor qilingan. Qurilish-montaj ishlari boshlangach, inspeksiya tomonidan tizimli nazorat o’rnatilgan.
📝Bu davrda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 6 marta yozma ko‘rsatma berilgan hamda talablar o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi sababli buyurtmachi “GRAND CAPITAL” MChJ korxona rahbariga nisbatan Ozbekiston Respublikasi MJtK 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
☑️Shuningdek,
1. Bugungi kunda binoning lift qismi soz holatda. Ammo xonadon egalari o’z uylarida ta’mirlash ishlarini olib borayotgani sababli qurilish chiqindilarini olib chiqish uchun liftdan foydalangan. Shu tufayli lift vaqtincha o‘chirib qo‘yilgan.
2. Elektr shitlarda hisoblagich moslamasi nosoz bo‘lgani sababli demontaj qilingan. Hozirgi kunda hisoblagich moslamalari qayta o‘rnatilib, elektr simlari tartibga keltirilmoqda.
3. Obyektning fasad qismiga buyurtmachi “GRAND CAPITAL” MChJ tomonidan o’zgartirish kiritilgan. Ya’ni balkon qismida oyna to’siqlari o’rniga temir panjara o’rnatilgan, biroq ular mustahkam o‘rnatilmagani aniqlandi.
4. Binoning kirish yo’lagi, 2-qavat tom qismida o’rnatilgan oynalar sifatsiz bajarilganligi uchun demontaj qilingan.
5. Avtoturargohni esa keyingi bosqichda qurish rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
➖Barcha kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Muammolarning yechimi nazoratga olingan.