💬“Stahel Hydrotech” MCHJ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga koʻra Samarqand shahar Sattepo maskani 173-manzilda joylashgan “Stahel Hydrotech” MCHJga Samarqand shahar hokimining 2019-yil 5-martdagi 624-Q-sonli qaroriga asosan ushbu manzilda joylashgan binoning 6-qavatidagi omborxona qismi 2022-yilda roʻyxatga olingan.
❗️Bugungi kunda “Stahel Hydrotech” MCHJ tomonidan shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmasdan, bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 7-noyabrdagi 581-OʻRQda belgilangan talablariga amal qilmagan holda mulkdorlar roziligini olmasdan, tom qismini ochib, yengil konstruksiyali mansarda oʻrnatilayotganligi aniqlandi.
☑️Shu bois Samarqand shahar qurilish boʻlimi tomonidan 2022-yil 6-oktabrda ushbu tom qismini oʻz holiga qaytarish bo‘yicha tegishli tartibda yozma koʻrsatmalar berilib, MCHJ rahbariyati ogohlantirildi.