💻Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahar 1-kichik daha 42, 42a va 42b uyda yashovchi fuqarolar murojaati Andijon viloyati qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi va joyida olib borilgan oʻrganishlar natijasida inspeksiya tomonidan yuqoridagi obyektlarning buyurtmachilariga qurilish maydonini vaqtincha himoya toʻsiqlari bilan oʻrash hamda atrofni qurilish chiqindilaridan tozalash boʻyicha koʻrsatma berildi. Ushbu holat qatʼiy nazoratga olindi.
‼️“Obyektlar qurilishi qonuniymi?”, – degan savolga esa quyidagilarni maʼlum qilamiz:
⏰ Andijon shahar hokimining 2020-yil 24-sentabrdagi qarori bilan fuqaro Sh.Kamalovaga Andijon shahar 1-kichik daha Lomonosov koʻchasi boʻyida joylashgan 108 kv. metr yer maydonida davlat-xususiy sherikchilik asosida “Sartaroshlik akademiyasi” binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Tegishli xabarnomaga asosan viloyat inspeksiyasi tomonidan obyektda monitoring tadbirlari amalga oshirilgan. Murojaatda Andijon shahar Yoyilma MFY hududida joylashgan yer maydonida ijara shartnomasi asosida foydalanish huquqi bilan koʻp qavatli tibbiy davolash maskani ham tilga olingan. Mazkur obyekt Andijon shahar hokimining 2020-yil 30-dekabrdagi qarori bilan fuqaro E.Yuldashevga qurilishi ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan. Yana bir obyekt qurilish Andijon shahar hokimining 2021-yil 18-fevraldagi qarori bilan amalga oshirilgan. 2022-yil 1-oktabr kuni qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish haqida inspeksiyaga xabarnoma kelib tushgan. Unga asosan inspeksiya obyektda monitoring ishlarini olib borgan. Va har uchchala obyekt boʻyicha “Shaffof qurilish” platformasi orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar mulk egalariga berilgan.