“Saxovat” uyi 120 o‘ringa mo‘ljallangan holda qayta rekonstruksiya qilinmoqda. Ushbu uy energotejamkor, yashash, dam olish va sog‘ligini tiklash uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Sanuzellari ichida bo‘lgan ikki kishilik xonalar, basseyn, trenajyor zallari bu yerda istiqomat qiluvchilar ixtiyorida bo‘ladi.