🖇Navoiy viloyatidagi qurilish sohasi vakillaridan iborat boʻlgan viloyat delegatsiyasi Turkiya davlatida ya’ni Istanbul, Anqara, Antaliya shaharlarida boʻlib keldi.
⚡️Tashrifdan koʻzlangan maqsad – Turkiya tajribasiga tayangan holda qurilish va shaharsozlik sohalarida qoʻllanilayotgan hujjatlar va standartlar, qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va nazorat tizimlari, aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish asoslari, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari va yoʻl infratuzilmasi bilan bogʻliq zamonaviy texnologiyalarni oʻrganishdan iborat.
Viloyat delegatsiyasi tomonidan Turkiyaning qurilish kompaniyalari va loyiha tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlarda hamkorlikda ishlash boʻyicha kelishuvlarga erishildi.