✅“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-32-sonli Farmoniga asosan Navoiy viloyatida 2 ta – Karmana va Qiziltepa tumanlarida “Yangi Oʻzbekiston” massivlari barpo etilishi belgilangan.
▶️Karmana tumani “Doʻstlik” MFY hududidan tanlangan massiv boʻyicha “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ viloyat filiali tomonidan massivning bosh reja sxemalari loyiha takliflari ishlab chiqilib, unga koʻra hududda 54 ta 5 qavatli jami 1066 ta xonadonli turar-joy binolari, 1 ta 1056 oʻrinli umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 2 ta 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, madaniyat uyi binosi, mahalla fuqarolar yigʻini, “Coworking” markazi, oilaviy poliklinika, hammom binosi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binolarini barpo etish koʻzda tutilgan.
▶️Qiziltepa tumani “Malikrabod” MFY hududidan tanlangan massiv boʻyicha “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ viloyat filiali tomonidan massivning bosh reja sxemalari loyiha takliflari ishlab chiqilib, unga koʻra hududda 53 ta 5 qavatli jami 1060 ta xonadonli turar-joy binolari, 1 ta 1056 oʻrinli umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 2 ta 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, madaniyat uyi binosi, mahalla fuqarolar yigʻini, “Coworking” markazi, oilaviy poliklinika, hammom binosi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binolarini qurish rejalashtirilgan.