• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

NAVOIYDA HAM “G‘ALVIR SUVDAN KO‘TARILDI”

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > NAVOIYDA HAM “G‘ALVIR SUVDAN KO‘TARILDI”
Mar 15, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

1. Zarafshon shahar 14 kichik tumanida “Sifat Qurilish Zarafshon” MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari ya’ni shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda qarorning 5-ilovasiga asosan hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ko‘p qavatli turar joy obyektida noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlari boshlangan. Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakilni xabardor etgan holda qiska muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra qurilish obyekti vaqtinchalik yopiq to‘siq bilan o‘ralmaganligi, SHNQ 3.01.01-03 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” qoidasining 1.13-bandi talabiga zid ravishda obyektda majburiy yuritilishi lozim bo‘lgan texnik ijro hujjatlaridan umumiy jurnal, materiallarning kirim nazorati, maxsus ishlar, beton, payvand, texnika xavfsizligi jurnallari yuritilmaganligi aniqlandi. Qisqa muddatli tekshiruv natijasiga ko‘ra jamiyat mansabdoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

2. Zarafshon shahar 14 kichik tumanidagi “ZARAFSHON BINOINSHOOT QURILISH” MCHJ tomonidan shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ko‘p qavatli turar joy obyektida qurilish-montaj ishlari boshlanganlik holati aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan qiska muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etilgan.

3. Zarafshon shahar 13 kichik tumanidagi “ZARAFSHON GOLDEN GROUP” MCHJ tomonidan ham shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ko‘p qavatli turar joy obyektida qurilish-montaj ishlarini boshlashgan. Ushbu holat yuzasidan hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentni huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya kilish bo‘yicha vakilni xabardor etgan holda qiska muddatli inspektorlik tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar yig‘ilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

4. Zarafshon shahar 19 kichik tumani “Hakimzoda” MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari ya’ni shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda uning 5-ilovasiga asosan hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlari boshlanganlik holati aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra obyekt SHNK 3.01.01-03 talablari asosida to‘ldirilayotgan jurnallar formasi talablariga javob bermaydi va to‘liq rasmiylashtirilmagan, poydevor, zamin, tuproq ishlari bo‘yicha geologik xulosalari yo‘q, QTEL va IICHL (POS va PPR) tashkil etilmagan hamda qurilish obyekti vaqtinchalik yopiq to‘siq bilan to‘liq o‘ralmagan. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etilgan.

5. Xuddi shunday “Mirsaid Bahrom” MFY hududida ham “Osyo Yugra” xususiy korxonasi tomonidan shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan ko‘p qavatli turar joy obyektida noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi, Karmana tumani hokimligi, tuman IIB, tuman prokuraturasi hamda “Osyo Yugra” xususiy korxona rahbari nomiga o‘rnatilgan tartibda qurilish obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi xatlar yuborilgan. Natijada buyurtmachi tomonidan  qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi xabarnoma inspeksiyaga kelgan. Jumladan, ro‘yxatdan o‘tgan qurilish obyektida inspeksiya tomonidan nazorat ishlari olib borilib, qurilgan qismi uchun instrumental texnik xulosa olish to‘g‘risida 4771 sonli bajarilishi majburiy bo‘lgan elektron yozma ko‘rsatma berilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra SHNQ 3.01.01-03 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” qoidasining 1.13-bandi talabiga zid ravishda obyektda majburiy yuritilishi lozim bo‘lgan texnik ijro hujjatlaridan umumiy jurnal, materiallarning kirim nazorati, maxsus ishlar, beton, payvand, texnika xavsizligi jurnallari yuritilmaganligi aniqlandi. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi xabarnomani yubormasdan bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun mas’ul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami yig‘ilib, Karmana tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

6. Navoiy shahar 17 kichik tumanidagi “Laylo ulgurji savdo” MCHJ tomonidan ham shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan obyektda qurilish-montaj ishlari boshlangan. Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra obyekt SHNK 3.01.01-03 talablari asosida to‘ldirilayotgan jurnallar formasi talablariga javob bermasligi va to‘liq rasmiylashtirilmaganligi, poydevor zamin tuproq ishlari bo‘yicha geologik xulosalar taqdim etilmaganligi, QTEL va IICHL (POS va PPR) tashkil etilmaganligi aniqlangan. Tekshiruv natijasiga ko‘ra mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 99-moddasi 7 qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Navoiy shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etilgan.

 

Qurilish vazirligi

Matbuot xizmati