• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Nukus tumanida "Kerder oilaviy shifokorlik punkti" foydalanishga topshirildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Nukus tumanida “Kerder oilaviy shifokorlik punkti” foydalanishga topshirildi
Apr 11, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

▶️Aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri. Kerder ovul fuqarolar yigʻini hududidagi ancha yillar oldin qurilib, faoliyat yuritib kelgan shifokorlik punkti taʼmirtalab holga kelib qolgan edi. Uning zamonaviy qiyofa kasb etishiga mahalliy hokimiyat tomonidan 868 mln soʻm mablag‘ ajratilib, keng koʻlamli ishlar olib borildi.

✔️Hozirda tibbiyot maskani soʻngi rusumdagi uskunalar, yumshoq mebellar bilan qayta jihozlandi. Bugungi kunda “Kerder oilaviy shifokorlik punkti” 3000 dan ziyod aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.