O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida Rossiya Federatsiyasining Primore o‘lkasi hukumati raisi o‘rinbosari Mixail Petrov boshchiligidagi qurilish sohasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensiya shaklida o‘tgan uchrashuvda qurilish sohasidagi hamkorlik, O‘zbekiston qurilish kompaniyalarining Primore o‘lkasida ijtimoiy muhim loyihalarni amalga oshirish uchun ushbu hudud bozoriga kirishi masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda qurilish xizmatlari eksportini oshirish zarurligi aytib o‘tildi. Primore o‘lkasi bilan kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston qurilish kompaniyalarining Primore o‘lkasida qurilish obyektlarini bunyod etishda ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalarni qayta ko‘rib chiqish uchun yana muzokaralar o‘tkazish hamda ishchi guruh tashkil etishga kelishib olindi.