? Ayni daqiqalarda Toshkent arxitektura-qurilish instituti Arxitektura fakulteti Kovorking markazida “O’zbekiston Respublikasi qurilish sohasi va ko’chmas mulk bozorida innovatsion faoliyatning ustuvor yo’nalishlari” mavzusiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyaga start berildi.
Unda TAQI rektori Ercan Kahya so’zga chiqib, konferensiyani ochib berdi hamda “Ushbu konferensiya muloqot almashinuv maydoni bo’ladi, degan umiddaman” – deya ta’kidladi.
Bundan tashqari konferensiyada institutning hamkorlari ham meрmon sifatida ishtirok etmoqda.
Ushbu ilmiy-amaliy konferensiya “Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan.
Ma’lumot o’rnida konferensiya 15-16-dekabr kunlari bo’lib o’tadi.