• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Oʻzbekistonda A 500 S turdagi yangi metall prokatini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Oʻzbekistonda A 500 S turdagi yangi metall prokatini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi
Fev 15, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️Tadqiqotchilarning fikricha, 2030-yilgacha dunyo aholisining 60 foizidan ortigʻi shaharlarda yashay boshlaydi. Bu esa oʻz-oʻzidan megapolislarda osmonoʻpar turar-joy binolarining ortishiga olib keladi.

✅Albatta uy-joylar qurilishida mustahkam metall prokatining oʻrni muhim ahamiyatga ega. Mazkur masalaga bugun yechim topildi. Gap shundaki, respublikamizda qurilish metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish maqsadida xalqaro standartlarga ega GOST 10884-94, GOST 5781-82 va GOST 34028-2016 talablari asosida diametri 10-36 mmgacha boʻlgan armatura prokati hamda A400-A800 sinflariga mansub qurilish armaturalari ishlab chiqarila boshlandi. Jumladan, A 500 S, A 600 S va A 800 S boʻlgan termomexanik mustahkam armatura prokatlaridan qurilish jarayonlarida foydalanish yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi. Bu turdagi armatura prokatlarining afzalliklari va texnik xususiyatlarini foydalanuvchilarga tushuntirish maqsadida Qurilish vazirligida konferensaloqa tarzida seminar-trening ham oʻtkazildi. Unda mazkur qurilish materialini ishlab chiqarish bosqichlari, fizikaviy va kimyoviy jihatlari, texnik xususiyatlari taqdimotlarda koʻrsatib berildi.