📣 Bugun Qurilish vazirligi tarkibidagi Toshkent qurilish kollejida Rossiya Federatsiyasining “Texnonikol” kompaniyasi Qurilish Akademiyasining o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.
⚡️ Ayni vaqtda o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
🔰 O‘quv markazida O‘zbekistonning qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxasislar o‘z bilimi va malakasini oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, kollej o‘quvchilari ham o‘quv amaliyotini ushbu markazda o‘tkazadilar.