? Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva, Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari Habibulla Mirsoatov hamda UzA axborot agentligi muxbirlari Olmazor tumani “Hislat” mahallasi 6-uy aholisidan kelib tushgan murojaatni joyiga chiqqan holda oʻrganmoqdalar.
Murojaatga koʻra, xonadonlarda issiqlik ta’minoti yetarli emas. Mazkur uylarga xizmat koʻrsatuvchi “We will work” BSK mas’ullari hamrohligida qozonxonaning gaz bosimi koʻrilganda, bosimning yetarli darajada emasligi aniqlandi.
❗️Mazkur BSK faoliyatini boshlaganiga koʻp boʻlmagan boʻlsada, boshqaruvida boʻlgan 22 ta koʻp qavatli uyning yertoʻla qismlarini toʻliq ta’mirlab, barcha quvurlarni almashtirilgan. Mazkur ishlar uchum kompaniya tomonidan 700 mln soʻm investitsiya mablagʻlari kiritilgan. Hozirda xonadonlardagi ichki tarmoqlarni almashtirish yuzasidan aholiga tushuntirishlar olib borilmoqda. Shuningdek, kompaniya uylarning tom qismlarini joriy yil toʻliq ta’mirlashni rejalashtirgan.