Hududlardagi obyektlar loyiha tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, qurilish sohasidagi yetakchi ekspertlar tomonidan tahliliy o’rganilmoqda!
Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan reyd tadbirlari Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida davom etmoqda.
📍 Toshkent yo’li ko’chasida “Oqsaroy qurilish” MCHJ tomonidan qurilayotgan 5 qavatli turar-joy binosi bugunning ilk manzili.
Obyektda ko’zga tashlangan dastlabki kamchiliklar:
— qurilish maydoni maishiy chiqindilardan tozalanmagan;
— ishchi guruh maxsus kiyimlar bilan ta’minlanmagan.
🟠O’rganish ishlarining birinchi bosqichida mutaxassislar obyektning loyiha hujjatlari bilan batafsil tanishmoqdalar. Tez fursatlarda aniqlangan boshqa kamchiliklar haqida ma’lum qilamiz.