Ishchi guruh tomonidan Nurafshon shahar Toshkent yo’li ko’chasi “Nurafshon” MFY hududida tadbirkor D.Norqulov tomonidan 1-2-qavatlari maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari, 3-4-5-qavatlari turar-joy sifatida qurilayotgan bino holati o’rganilmoqda.
Mazkur obyektda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari yuzasidan Nurafshon shahar hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 7 marta monitoring ishlari olib borilib, 4 ta bajarilishi majburiy ko’rsatmalar berilgan va ularning ijrosi ta’minlangan.