• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Poytaxtimizda ilk bor “Texnonikol” kompaniyasi Qurilish Akademiyasining o‘quv markazi ochilmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Xalqaro hamkorlik > Poytaxtimizda ilk bor “Texnonikol” kompaniyasi Qurilish Akademiyasining o‘quv markazi ochilmoqda
Iyun 2, 2021 Posted by: tested Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

Joriy yilning 3 iyun kuni Qurilish vazirligi tarkibidagi Toshkent qurilish kollejida Rossiya Federatsiyasining “Texnonikol” kompaniyasi Qurilish Akademiyasining o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Ochilish marosimi oldidan Qurilish vazirligi Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Qo‘ldashev, Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i Sh. Radjabov va “Texnonikol” kompaniyasining Qurilish Akademiyasi rahbari E.Davletshin ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda o‘quv markazini ochish uchun tayyorgarlik jarayonlari va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.