• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

PRESS TUR

Okt 11, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

📝Press tur ishtirokchilari avvaliga Sergeli tumanidagi 16 qavatli turar joylarning qurilish jarayoni bilan tanishishdi. Ushbu hududda maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, poliklinika hamda 3 qavatli avtoturargoh qurilishi ham rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda 24 ta uydan 8 tasi qurib, foydalanishga topshiriladi.

Yangihayot tumanida esa jami 1936 ta xonadondan iborat 24 ta 16 qavatli uylar qurilmoqda. Qurishning birinchi bosqichi shu yil tugallanadi va 12 ta turar joy foydalanishga topshiriladi. Hozirgi kunda mazkur obyektda 5 mingdan ortiq ishchilar mehnat qilmoqda.